Messi jarohati tufayli MLSda ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 40
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 17:32
Messi “Inter Mayami”ning MLSdagi navbatdagi ikkita o‘yinini: "Nyu-York Red Bulls" (23 mart) va “Nyu-York Siti” (31 mart)ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Messi 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan KONKAKAF Chempionlar Kubogi doirasidagi "Inter Mayami" - "Monterrey" uchrashuvida maydonga qaytishi rejalashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, Messining tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda va u allaqachon qisman maydonda mashg‘ulot o‘tkazgan. "Inter Mayami" Leoning Monterreyga qarshi o‘yinda optimal holatda bo‘lishiga ishonmoqda.
Messi joriy mavsum “Inter Mayami” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.