Avstraliyada yangi hasharot topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 17:32
Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi entomolog ilgari noma’lum bo‘lgan hasharotni topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hasharot Jeyms Tvid tomonidan 2021 yil dekabrida lagerga qilgan safari chog‘ida kashf etilgan va dastlab uni qush axlati deb o‘ylashgan.

Entomolog diqqat bilan hasharotni ko‘zdan kechirib, bunday turdagi hasharot avval aniqlanmagani sababli uni o‘rganishga kirishgan.

"Bu mutlaqo noyob mavjudot. Xuddi shunday sifatlarga ega hasharotlar juda kam. Uning uzunligi taxminan bir santimetr va uzun momiq tuklar bilan qoplangan”, — deydi Jeyms Tvid.

Entomolog o‘z topilmasini mamlakatdagi barcha hasharotlar hisobini yurituvchi Avstraliya hukumati tadqiqot markaziga olib kelgan.

Unga lotincha Excastra albopilosa nomi berilgan (excastra “chodir lageridan” va albopilosa “oq va tukli” deb tarjima qilinishi mumkin).


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati