• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Vladimir Zelenskiy Rossiya tunda Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirgani haqida e’lon qildi

Vladimir Zelenskiy Rossiya tunda Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirgani haqida e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 17:24
Vladimir Zelenskiy Rossiya tunda Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirgani haqida e’lon qildi.

"Rossiyaning mamlakat bo‘ylab qilingan tungi hujumida 60 dan ortiq Shahed tipidagi dronlar va 90 ga yaqin turli raketalar ishtirok etdi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan 55 ta dron va 37 ta turli raketalar urib tushirildi", deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti.

Zaporoje, Sumi, Poltava, Dnepropetrovsk, Odessa, Xmelnitskiy, Vinnitsa, Ivano-Frankovo va Xarkov viloyatlari, shuningdek, Xarkov shahri o‘qqa tutilgani xabar qilinmoqda.

Tungi hujum natijasida Xarkov elektr ta’minotidan butunlay uzilgan.

"Patriot tizimlari Xarkov va Zaporojeni himoya qilishi kerak. Havo mudofaasi odamlarni, infratuzilmani, uylar va to‘g‘onlarni himoya qilish uchun kerak. Hamkorlarimiz bizga nima kerakligini aniq bilishadi. Ular, albatta, bizni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Ukrainani Rossiyaning tajovuzidan himoya qilish kerak", deya ta’kidladi Ukraina rahbari.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati