Samarqandda sel zarar yetkazgan ko‘prik qayta tiklandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 38
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 17:20
FVV xabariga ko‘ra, 21 mart kuni soat 01:20 dan soat 04:30 ga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani Uzunsoy qishlog‘i hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi hodisasi kuzatilgan. Natijada yomg‘ir suvlari shu hududdagi ko‘prikka jiddiy shikast yetkazib, texnikalarning harakatini cheklab qo‘ygan.
FVV mas’ul xodimi, tuman hokimligi, FVB, IIB, Avtoyo‘l va boshqa tegishli xizmatlar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, hamkorlikda olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida mazkur ko‘prik to‘liq tiklandi va harakat qatnovi ta’minlandi.