Finlyandiya prezidenti NATO kuchlari haqidagi kelishuvni tasdiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 17:04
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb NATO kuchlari maqomi haqidagi kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Parij protokoli ham tasdiqlandi.

Qaror hujjat Amerika ma’muriyatiga topshirilgandan keyin 30 kun ichida kuchga kiradi.

NATOning kuchlar maqomi to‘g‘risidagi bitim ittifoqqa a’zo davlat qo‘shinlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan blokdagi boshqa davlat hududida bo‘lgan paytdagi huquqiy maqomiga taalluqlidir.

Xalqaro harbiy shtab-kvartiraning maqomi to‘g‘risidagi Parij protokoli NATOning kuchlar maqomi to‘g‘risidagi bitim qoidalarini a’zo davlat hududidagi ittifoqchi shtab-kvartiralarga hamda ularning harbiy va fuqarolik xodimlariga nisbatan kengaytiradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati