WBC reytingi yangilandi: Bahodir Jalolov ko‘tarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:48
WBC mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov 1 pog‘ona yuqorilab, 12-o‘ringa joylashdi. Isroil Madrimov esa WBA yo‘nalishida chempion bo‘lgani sabab, mazkur yo‘nalishda reytingga kirmagan. Shuningdek, Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor mazkur reytingdan joy oldi.

Shu tariqa, reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydan 1 pog‘ona ko‘tarildi va 12-o‘ringa joylashdi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev bir pog‘ona pastladi va 13-o‘ringa joylashdi;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydan ikki pog‘ona yuqorilab, 12-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov o‘tgan oydagi kabi 32-o‘rinni band etdi;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev bir pog‘ona pastladi va 4-o‘rinni egalladi; Shuningdek Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor reytingdan joy oldi va 27-o‘rinni band etdi;
Engil vazn (50,82 kg) Olimjon Nazarov 2 pog‘ona yuqorilab, 32-o‘ringa joylashtirildi;
Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatovda o‘zgarish yo‘q - 5-o‘rin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati