BMT Bosh Assambleyasi sun’iy intellekt bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:40
BMT Bosh Assambleyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashni global tartibga solish bo‘yicha birinchi rezolyusiyani qabul qildi.

«Barqaror rivojlanish uchun suniy intelektning xavfsiz, himoyalangan va ishonchli tizimlaridan foydalanish» bo‘yicha hujjat AQSh tomonidan ishlab chiqilgan va 120 davlat unga hammualliflik qildi.

AQShning BMT dagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildning qayd etishicha, dunyo mamlakatlari «sun’iy intellektni boshqarishga va u odamlarni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi».

U shuningdek, sun’iy intelektning ko‘lami kengayishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar barchaga birdek taaluqli bo‘lishini ta’kidladi.

13 mart kuni esa Yevropa parlamenti (EP) sun’iy intellektdan (SI) foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi ilk qonunni ma’qulladi. Hujjatni 523 kishi ma’qulladi, 46 nafari qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 49 nafari betaraf qolgan.

Tashabbusning maqsadi — «asosiy huquqlar, demokratiya, qonun ustuvorligi va ekologik barqarorlikni yuqori xavfli sun’iy intellektdan himoya qilish, shuningdek, innovasiyalarni rag‘batlantirish va Yevropani bu sohada yetakchi qilishdir», deyiladi YEP xabarida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati