Karmana tumanida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:36
Navoiy viloyati Karmana tumanida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi. ????Inspeksiyaning Navoiy viloyati hodimlari tomonidan Karmana tumanida «K.B.N» MCHJ savdo nuqtasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanishi va yorliqlanishi bo‘yicha tekshirish olib borildi. Natijada 24 turdagi 267 dona 3 mln 385 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari me’yoriy hujjatlarning talablariga mos kelmasligi va sifatsizligi aniqlangan. ???? Bu bilan O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi talablari va O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunining 43-moddasi talablariga rioya etilmagan. ????Tekshirish yakuniga ko‘ra, korxonaga jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanildi hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib hujjatlar jinoyat sudiga topshirildi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati