Estoniya Ukrainaga 20 mln yevrolik harbiy yordam va’da qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:34
Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini va’da qildi. Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo Boltiqbo‘yi mamlakati Ukraina armiyasini 20 million yevro qiymatidagi qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlaydi, bu haqda Pevkur ukrainalik hamkasbi Rustem Umerovga ma’lum qildi, deb xabar berdi 21 mart, payshanba kuni Tallindagi mudofaa vazirligi.

Estoniya yordam paketiga boshqa narsalar qatorida tankka qarshi qurollar, portlovchi moddalar, turli o‘q-dorilar, snayper uskunalari va protivogazlar kiradi. «Biz to‘plamni shunday tuzdikki, Ukraina maksimal foyda oladi, ammo buning natijasida Estoniyaning mudofaa qobiliyati zarar ko‘rmaydi», — dedi Pevkur. Uning qayd etishicha, bunday yordamga ehtiyoj Umerov jang maydonidagi vaziyat haqida ma’lumot berganidan so‘ng yaqqol namoyon bo‘ldi.

Estoniya vazirining so‘zlariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan yoz fonida Ukrainaga zudlik bilan, birinchi navbatda, o‘q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, ehtiyot qismlar va elektron harbiy texnika zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Estoniya YEI davlatlariga Ukraina uchun YAIM 0,25 foizini ajratishni taklif qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati