Biz urush holatidamiz, buni hamma tushunishi kerak — Kreml matbuot kotibi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:32

Dmitriy Peskov "Argumenti i fakti" jurnalistlari bilan suhbatda Ukrainadagi "maxsus harbiy operasiya" urushga aylanganini aytdi.

"Biz urush holatidamiz. Ha, bu maxsus harbiy operasiya sifatida boshlandi, lekin G‘arbning Ukraina tomonida ishtirok etishi bilanoq, biz uchun bu allaqachon urushga aylandi. Men bunga aminman. Hamma buni tushunishi kerak", — deya fikr bildirdi Kreml vakili.

Peskov, shuningdek, Rossiya urushda Ukraina o‘z fuqarolari va hududlari, jumladan, qo‘shib olingan hududlarga tahdid sola olmaydigan tarzda harakat qilishda davom etishini qayd etdi.

"Bu de-yure “Maxsus harbiy operasiya”, lekin biz uchun de-fakto urushga aylandi, chunki kollektiv G‘arb to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroda ishtirok etish darajasini oshirmoqda", — deya ta’kidladi Peskov.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati