Verner Tottenxemda qolmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:26
Timo Verner “Tottenxem”da qolmoqchi. 28 yoshli hujumchi qishki transfer oynasida London klubiga "Leypsig"dan ijaraga olingandi.

Taxminlarga ko‘ra, "Tottenxem" 14 iyun kuni Yevropa chempionati boshlanishidan oldin Vernerni nemis klubidan arzonlashtirilgan narxda sotib olish imkoniyatiga ega. Bu holatda futbolchining sotib olish narxi 14,5 million funtni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, “Tottenxem” shu yozda hujumchi izlab transfer bozoriga kirishi mumkin, lekin Vernerni ham saqlab qolishi mumkin. Ayniqsa, Saudiya klublarining Risharlisonga bo‘lgan qiziqishi aniq taklifga sabab bo‘ladigan vaziyatda.

Joriy mavsumda hujumchi Premyer-ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati