• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qozog‘istondagi Ko‘chmanchilar o‘yinlarida dunyoning 100 ta davlatidan sportchilar ishtirok etadi

Qozog‘istondagi Ko‘chmanchilar o‘yinlarida dunyoning 100 ta davlatidan sportchilar ishtirok etadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:22
Qozog‘iston Parlamenti Majilisi raisi Yerlan Qoshanov Astanada V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlanishiga necha kun qolganini ko‘rsatuvchi ortga hisoblash taxtasining tantanali ishga tushirilishida ishtirok etdi. Bugundan boshlab sanaydigan bo‘lsak, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Ko‘chmanchilar o‘yinlariga 170 kun qoldi.

Yig‘ilishda Jahon Etnosport Konfederasiyasi prezidenti Bilal Erdog‘an, Qozig‘iston Turizm va sport vaziri Yermek Marjikbayev, Astana shahar hokimi Jenis Qasimbek, Milliy sport turlari assosiasiyasi prezidenti Islambek Saljanov ishtirok etdi.

Marosimni ochib, Majilis raisi yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom – Navro‘z bayrami bilan tabriklab, Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari nafaqat turkiy tilli xalqlar, balki butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortgan bayroqdor musobaqa ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, Yerlan Qoshanov bugungi kunda mamlakatda jahon musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi.

“Ushbu qiziqarli musobaqani Qozog‘istonda o‘tkazish barchamiz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Davlat rahbari ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Katta ishonch bilan ayta olamanki, “Ko‘chmanchilar” o‘yinini munosib saviyada o‘tkazamiz. Mazkur tanlov qardosh turkiy xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada yuksaltirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonaman”, – dedi Majilis raisi.

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Ko‘chmanchilar o‘yinlarida dunyoning 100 ta davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. 60 ta davlat o‘rtasida kelishuv mavjud. Unda 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha to‘rt ming nafarga yaqin ishtirokchi o‘zaro kuch sinashadi. Festival bir hafta davom etadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati