Alves qamoqdan chiqish uchun 1 million yevro kredit oladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:20
Dani Alves bugun garovni to‘lashi mumkin, buning uchun u kredit olmoqchi.

"Barselona"ning sobiq himoyachisi tungi klubda bir qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topilib, 4,5 yil va yana 5 yil sinov muddatiga hukm qilindi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lashga va 9,5 yil davomida unga yaqinlashmaslikka majbur.

Bugun Barselona sudi Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisini hukm kuchga kirgunga qadar 1 million yevro miqdorida garov evaziga qo‘yib yuborishga qaror qildi.

La Vanguardia xabariga ko‘ra, futbolchining advokatlari payshanba kuni bir nechta banklarga murojaat qilib, garovni to‘lash uchun kredit so‘rashgan.

Ba’zi banklar obro‘siga putur yetkazganligi sababli Alvesga kredit berishdan bosh tortdilar, biroq payshanba kuni kechqurun ulardan biri tranzaksiyani amalga oshirishga rozi bo‘ldi. Kechiktirilgan rozilik tufayli operasiyani kecha amalga oshirib bo‘lmadi. Balki bugun pullar garovga qo‘yilib, Alves qamoqdan chiqadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati