Rossiya husiychilar bilan kelishib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:16
Rossiya va Xitoy Yamandagi husiychi isyonchilar bilan Qizil dengizda xavfsiz yuk tashish bo‘yicha kelishib oldi. Bloomberg agentligining 21 mart, payshanba kuni xabar berishicha, husiychilar Qizil dengizdagi Rossiya va Xitoy kemalariga hujum qilmaslikka va’da bergan.

Husiychilar 2023 yil noyabr oyidan beri Qizil dengizda Isroil bilan aloqador deb hisoblayotgan kemalarga hujum qilmoqda. Ularning aytishicha, hujumlar Isroil G‘azo sektori blokadasi va Falastin hududidagi harbiy amaliyotini tugatmaguncha davom etadi. Qizil dengizda dunyoning eng muhim savdo yo‘llari joylashgan.

Husiychilar Yamanning ayrim qismlarini, shuningdek, bu mamlakat qirg‘oqlarini nazorat qiladi. Ular Eron boshchiligidagi «Qarshilik ko‘rsatish o‘qi»ga mansub va Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qizil dengizda yuk tashishni himoya qilish uchun Qo‘shma Shtatlar 2023 yil oxirida Operation Prosperity Guardian («Farovonlikni himoya qilish bo‘yicha operasiya») tashabbusini boshladi, unga qator davlatlar qo‘shildi. Germaniya Qizil dengizga Hessen fregatini yubordi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati