• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-06-2024, 11:56
Stenford universitetidagi nevrologlar, o‘zak hujayralari bo‘yicha olimlar va molekulyar biologlar guruhi Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkinligi haqidagi dalillarni topdi.

Bundan avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida o‘sadigan blyashkalarda beta-amiloidning to‘planishi natijasida yuzaga keladi. Boshqa bir tadqiqotda esa miya hujayralarida to‘planishi mumkin bo‘lgan tau oqsili aniqlangandi.

Natijada, kasallikning oldini olish, uni sekinlashtirish yoki to‘xtatish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarning aksariyati bunday to‘planishlarni kamaytirish yoki bunga yo‘l qo‘ymaslikka asoslangan. Ammo yangi tadqiqot olimlarining fikricha, kasallik rivojlanishi asosida boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot guruhi APOE genining funksiyasiga e’tibor qaratdi, oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, u yog‘ tomchilarini asab hujayralariga tashishda ishtirok etadigan oqsilni kodlaydi.

Tadqiqotchilarning fikricha, o‘rganish natijalari miyada amiloidning to‘planishi miya hujayralariga yog‘larning ajralib chiqishiga sabab bo‘lib, Alsgeymer kasalligiga olib kelishini ko‘rsatdi.

Tadqiqot “Nature” jurnalida chop etildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati