Liverpul Real hujumchisi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:12
"Liverpul" Braziliya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Rodrigoni taklif qilmoqchi. Bu haqda LFC Transfer Room xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar "qirollik" klubi vakillari bilan mumkin bo‘lgan kelishuv bo‘yicha muzokaraga kirishgan.

"Qizillar" yozgi transfer oynasida Rodrigoni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. 23 yoshli braziliyalik futbolchining bozor qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Rodrigo hisobida sakkizta gol va beshta golli uzatma bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati