Marhamatda mineral suv ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 16:06
Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida korxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev barchani Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi, mamlakatimizda tadbirkorlar, ayniqsa, chekka huddudlardagi sanoat korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi-yangi ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish, aholi bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

–Umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mlik loyiha doirasida ishga tushirilgan korxonamizda kuniga 15 tonna mineral suv zamonaviy, xorijiy texnologiyalar asosida filtrlanib, qadoqlanadi, – deydi tadbirkor Akramjon Shermatov. – Yer osti bulog‘idan olinayotgan, tabiiy mineral moddalarga boy mahsulotimiz xaridorlarga maqbul narxlarda yetkazib beriladi.

Mazkur korxona ishga tushishi bilan 50 nafar mahalliy yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati