Konate Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatni esladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 15:54
“Liverpul” va Fransiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Ibrohima Konate JCH-2022 finalini esladi.

“Jahon chempionatimi yoki Chempionlar ligasimi? Men ikkala finalda ham o‘ynab, mag‘lub bo‘ldim... Lekin jahon chempionatini tanlayman. Meni eng ko‘p xafa qilgan oxiri edi. Yana shunday uchrashuvda maydonga tushish nasib etmasligi mumkinligini angladim. Balki to‘rt yil ichida, lekin bu vaqtga kelib ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Chempionlar ligasiga kelsak, har yili bizda g‘alaba qozonish imkoniyati bo‘lishi mumkin", - deya Konate so‘zlarini keltiradi France Info.

Konate 24 yoshda va 2021 yildan beri "Liverpul"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda fransuz barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 32 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati