• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • AQSh Ukrainadan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi — Financial Times

AQSh Ukrainadan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi — Financial Times

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 15:44
Financial Times`ga ko‘ra, AQSh Ukrainadan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi.

Nashrning nomi oshkor etilmagan manbalari Rossiya Federasiyasidagi neft zavodlarida uskunalarning ishdan chiqishi va Moskvaning G‘arb davlatlari uchun muhim bo‘lgan infratuzilmaga nisbatan javob choralari natijasida neft narxining oshishidan havotir bildirgan. Masalan, bu Rossiya Federasiyasi hududidan o‘tuvchi Qozog‘iston neftini ekport qilishda foydalaniluvchi "Kaspiy quvur konsorsiumi" (CPC) quvuriga cheklov kiritilishi bo‘lishi mumkin. ExxonMobil va Chevron kabi yirik neft kompaniyalari CPC neft quvuridan foydalanadilar va Moskva ushbu quvur faoliyatini 2022 yilda qisqa muddatga to‘xtatib qo‘ygan edi.



Sanksiyalarga qaramay, Rossiya jahon bozoriga energiya resurslarini yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2022 yildan beri Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga 12 ta, birgina joriy yilning o‘zida kamida 9 ta hujum uyushtirilgan.



"Biz Rossiya hududiga hujumlarni rag‘batlantirmaymiz yoki ruxsat bermaymiz" — deya ma’lum qildi nomi oshkor etilishini xohlamagan AQSh Milliy xavfsizlik xizmati vakili.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati