Konate: Deshammi yoki Kloppmi? Men bu savolga javob bermayman!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 15:10
“Liverpul” va Fransiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Ibrahima Konate mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp va terma jamoa boshqaruvidagi Didye Desham haqida gapirdi.

“Desham yoki Klopp? Men, albatta, bu savolga javob bera olmayman! Mavsum oxirida Yurgenning ketishi haqidagi xabarni qanday qabul qildim? U klubning ustunlaridan biri. Men juda hayron bo‘ldim, lekin u hamma narsani aytib berganida, nima uchun bunday qarorga kelganini tushundik. Biz unga faqat rahmat aytishimiz mumkin. Aynan Klopp meni bu klubga olib keldi va hozirgi futbolchiga aylantirdi", - deya Konate so‘zlarini keltiradi France Info.

Konate 24 yoshda va 2021 yildan beri "Liverpul"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda fransuz barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 32 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati