Del Boske: Vinisiusni borligicha qabul qilish kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 15:00
Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlar haqida fikr bildirdi.

“Menga bunday munosabat yoqmaydi, ayniqsa, agar u shunday nozik mavzularga tegsa. Irqchilik haqida ham hazil qila olmaysiz. Odamlar buni aytish juda yomon ekanligini tushunishlari kerak. Vinisiusning xatti-harakati? Bu futbol. Siz uni yoqtirishingiz yoki yoqtirmasligingiz mumkin. Biroq, har bir futbolchining o‘ziga xos xarakteri bor. Uni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak", - deydi mutaxassis.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Junior 20 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati