Ten Xag hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha Manchester Yunaytedda qoladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 14:56
Erik ten Xag mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"ni boshqarishda davom etadi.

The Guardian nashrining xabar berishicha, ser Jim Retkliff ayni damda niderlandiyalik mutaxassisning ishidan mamnun.

Mankunianliklar Angliya kubogi chorak finalida “Liverpul” ustidan qozonilgan g‘alaba (4:3) jamoaga bu mavsumda kubokni qo‘lga kiritish imkoniyatini qoldirdi. Agar “Manchester Yunayted” yarim finalda “Koventri”ni mag‘lub etsa, ketma-ket ikkinchi kubok finaliga chiqishi mumkin.

Klubning futbol faoliyatini nazorat qiluvchi ser Retkliff va uning asosiy yordamchisi ser Deyv Braylsford nuqtai nazaridan, kelajagi borasida uzoq muddatli qaror qabul qilinishidan oldin bosh murabbiy mavsum oxirigacha o‘z lavozimida qolishi kerak.

Rahbariyat ten Xagni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlamoqchi, u jamoa futbolchilari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda va yozgi transfer oynasini rejalashtirishda ishtirok etadi.

Ten Xagning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, Retkliff agar shunday qarorga kelsa, unga o‘rinbosar murabbiy topish oson ish bo‘lmasligidan xabardor.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati