PSJ Luis Dias transferi ustida bahslashmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 14:48
"PSJ"da Luis Diasning transferi borasida kelishmovchiliklar mavjud. Taxminan bir hafta oldin fransuz klubi "Liverpul" vingerini qisqa ro‘yxatga kiritgani ma’lum bo‘ldi.

FootMercato jurnalisti Santi Unaning fikricha, Dias "PSJ"ning qatarlik rahbariyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Unga qiziqish klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi tomonidan boshlangan. Sobiq sport direktori, hozirda Qatar chempionatida yuqori lavozimni egallab turgan Antero Anrike allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘langan.

Parij jamoasida sport maslahatchisi lavozimini egallab turgan Luis Kampos Diasning taklifiga qarshi. U boshqa futbolchilarni nishonga oladi va Enrikedan kelayotgan barcha takliflarni rad etadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning qo‘shimcha qilishicha, "PSJ" Diasning transferi borasida "Liverpul" bilan bog‘lanmagan bo‘lsa-da, parijliklar boshqa maqsadlar ustida ishlamoqda.

Ayni damda "Liverpul" kolumbiyalik futbolchini sotish istagini bildirmayapti.

Dias joriy mavsum “Liverpul” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati