• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 14:24
Qozog‘iston OAVlarida O‘zbekiston bilan chegarada ko‘plab transport vositalari va odamlar to‘planib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati holatga izoh berdi.

Tarqalgan xabarlarda aytilishicha, minglab odamlar bir necha soatlab navbatda turib qolib, O‘zbekistonga kira olmagan. Ayrim yuk mashina haydovchilari chegarada sutkalab turib qolgan. Notanish kishilar 100 ming tenge (taxminan 2,8 million so‘m) evaziga tezroq o‘tkazib yuborishni taklif ham qilgan. Pul to‘lashga rozilar alohida navbatda bo‘lib, ular o‘tkazib yuborilgan.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, transport vositalari va odamlar to‘planib qolishiga Navro‘z bayramini nishonlash paytida O‘zbekiston fuqarolari mamkakatni tark etishi hamda “Kallanbek”, “Tajen”, “Atameken”, “Kazigurt” chegara bojxona postlarida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgan.

“Davlat chegarasi orqali o‘tish odatdagidek tartibda amalga oshirilmoqda, nazorat-o‘tkazish punktlarida vaziyatni nazoratga olish choralari ko‘rildi”, — deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati