Silk Road Samarkand sayyohlik markazida Navro‘z tantanalari o‘tkazildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 41
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 14:00
Bayram davomida "Boqiy shahar" majmuasi suv havzasi bo‘yida O‘zbekiston va Xitoy hunarmandchiligi yarmarkalari o‘tkazilib, milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi va varraklar uchirildi. Tadbir san’atkorlarning konsert dasturlari, xususan, Universitet talabalar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, xushovoz xonanda Zulfiyaxon Rashidova tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar va SXTU qoshida tashkil etilgan Xitoy energetika instituti va Koreya texnologiyasi va madaniyati institutining ijodkor talabalaridan tarkib topgan «Oltin Meros» talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan xitoy va koreys milliy raqslari va etnik o‘yinlari bilan boyitildi.
Shuningdek, o‘zbek milliy taomlaridan sumalak, palov tayyorlandi. Festival davomida universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari boshchiligida xitoy, hind, turk xalqlarining choy marosimlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Navro‘z tarovatini o‘zida mujassam etgan mazkur ommaviy-madaniy sport festivalining yuqori saviyada tashkil etilishi uchun «Dragon shou», xalq sayillari, o‘zbek milliy o‘yinlari, bolalar attraksionlari, belbog‘li kurash, gimnastikachilar va akrobatlarning ajoyib chiqishlari ham o‘tkazildi.
Festivalning asosiy voqeasi – qayiqlar paradi bo‘lib, unda xitoylik professional sportchilar, akademik eshkak eshish va kanoeda suzish bo‘yicha Osiyo chempionlari va sovrindorlari hamda SXTU talabalarini o‘z ichiga olgan Irbis sport klubi a’zolaridan iborat ekipajlar "Boqiy shahar"dagi suv havzasi bo‘ylab harakatlandilar. Qayiqlar paradi boshida Xitoy Xalq Respublikasidan festival uchun maxsus olib kelingan beshta «Dragon boat» qayiqlari suzdi. Ahamiyatlisi, Xitoy va O‘zbekiston sportchilari o‘rtasida «Dragon boat» qayiqlarida ko‘rgazmali musobaqa o‘tkazildi.
«Navro‘z Regata» festivali Navro‘z bayramini xalqaro nishonlashning yangi formatidir. Bundan tashqari, kelgusida har yili madaniyat va sport festivali o‘tkazilib, mazkur festival doirasida akademik eshkak eshish bo‘yicha «Navro‘z Regata Cup» xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.