23 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 13:32
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
22-27 mart kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati