Uzpharmcontrol: «Samo» MCHJ korxonasi lisenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 13:26
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi, «Antistrumin» dori vositasini ishlab chiqargan «SAMO» MCHJ korxonasida farmasevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borayotgan edi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, korxona tomonidan qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, 2023 yil dekabr oyida «Samo» MCHJ lisenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Markaz tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.

Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotganligi sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra 2024 yil 19 yanvarda to‘xtatildi.

Aholining hayoti hamda sog‘ligi uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar «Samo» MCHJning lisenziyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirdi.

Hamda «SAMO» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli (dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020 yil 30 martda berilgan) 15571-sonli lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati