AQShda O‘zbek jamoasi Turon Assosiasiyasi tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 12:36
O‘zbekiston elchisi Furqat Siddiqovning AQShning Boston shahriga (Massachusets shtati) tashrifi doirasida ushbu shahar va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuv doirasida vatandoshlarga mamlakatimizda o‘lar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Elchi Furqat Siddiqov madaniy va ilmiy hamkorlikni kengaytirishda vatandoshlar uyushmalarining roli muhim ekanligiga urg‘u berdi.



Tadbir davomida, shuningdek, Boston shahrida yangi tashkil etilgan O‘zbek jamoasi "Turon Assosiasiyasi"ning tantanali ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. Assosiasiyaning asosiy vazifalari orasida O‘zbekiston madaniyati va merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, vatandoshlar o‘rtasida ma’rifiy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar mavjud ekaniga urg‘u berildi.



Bundan tashqari, Boston shahri va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz uchun tashkil etilayotgan "Ildiz" onlayn platformasining taqdimoti ham o‘tkazildi. Platforma, o‘z faoliyatini AQShda ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislar, moliya institutlari, universitetlar, yuridik firmalar, tadbirkorlar va investorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

So‘ngra vatandoshlarimiz hamda amerikalik hamkorlar ishtirokida kirib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan madaniy kecha tashkil etildi. Xususan, tadbirda Garvard universitetining yetakchi olimlari va institut rahbarlari ishtirok etdi.

Ularga O‘zbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlari, boy madaniyatning o‘ziga xosligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda kuzatilayotgan dinamik o‘zgarishlar haqida maxsus videolavhalar namoyish qilindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati