Magomed Kurbanov Isroil Madrimovga qarshi jangdan gonorar olmaganini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 12:24
Rossiyalik bokschi Magomed Kurbanov Isroil Madrimov bilan jangdan hech qanday gonorar olmaganini ma’lum qildi.

“Men gonorar olmadim. Muzokaralar uzoq vaqt davom etdi, lekin men allaqachon titul uchun jang kayfiyatida edim, shuning uchun o‘zimni yaxshi his qildim.

Menga qo‘ng‘iroq qilib: “Jang bor, chempionlik kamari bor, ammo pul yo‘q”, deyishdi. Men ham, Isroil ham o‘z hisobimizdan jang qilishga tayyor edik.

Kamar uchun jang — orzu edi. Buning uchun hamma narsaga tayyor edim. Hozir hamma mening 20 million, 30 million, 35 million dollar ishlab topganimni yozmoqda...

Do‘stlar, tinchlaning. Kamar uchun jang qilish maqsadim edi. G‘alaba uchun ringga ko‘tarilgandim, ammo mag‘lub bo‘ldim”, — dedi Kurbanov.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Magomed Kurbanovni mag‘lub etib, super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibiga aylangandi.
Madrimov O‘zbekistonga qaytgach, unga Tahoe avtomobili sovg‘a qilindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati