Ana bo‘lmasa! Fabrisio Romano buyurtma postlarda gumonlanmoqda
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 11:54
Mish-mishlar narxi 6000 dollargacha bo‘lishi mumkin. Romano agentligi klublar bilan bevosita bog‘langan
Hikoyaning ildizlari mart oyining boshlariga borib taqaladi: ijtimoiy tarmoqlarda Norvegiyaning ba’zi top-klublari (jumladan, "Volerenga") Fabrisio Romano bilan bog‘liq bo‘lgan Memmo agentligi bilan bog‘lanib, futbolchilarni reklama qilishni taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Narxlar ro‘yxati kichik, ammo yaxshigina ko‘rsatkich yuzaga kelgan:
Ya’ni, "Romanodan shaxsiy salom" postlari: $196.
Ijtimoiy tarmoqdagi post: $1100.
Videoda tilga olingan futbolchilar uchun: taxminan 6000$.
Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar bilan yozishmalarning shunaqa skrinshoti tarqatilmoqda:
"Ushbu so‘rov to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fabrisioning telefoniga tushadi, shuning uchun siz unga o‘zingiz e’lon qilmoqchi bo‘lgan transfer ma’lumotlarini ham, video e’lonlarni ham kiritishingiz mumkin. Narxi 11 600 krona ($ 1 097) atrofida bo‘ladi.