Prezident bir qancha faollarni mukofotladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 11:52
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatimizda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, xalqimiz orasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:



«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Ismatova Adibaxon Kosimovna - Izboskan tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati


«Do‘stlik» ordeni bilan
Begmatov Uchkun Ravshanovich - Paxtachi tumanidagi «Qarnabota» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati
Jaketov Amangeldi - Mo‘ynoq tumanidagi «Uchsoy» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘raboyev Raximjon - Chortoq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Namangan viloyati

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati