• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Peterburglik ayol saylov byulleteniga “Yo‘qolsin urush” deb yozgani uchun jarimaga tortildi

Peterburglik ayol saylov byulleteniga “Yo‘qolsin urush” deb yozgani uchun jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 11:38
Sankt-Peterburgning Dzerjinskiy rayon sudi Aleksandra Chiryatyevani mayda bezorilik moddasi bo‘yicha 8 kunga hibsga oldi, shuningdek, armiyani «obro‘sizlantirganlik» uchun 40 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi, deb yozadi DW.

17 mart, prezidentlik saylovlarining so‘nggi kunida, Chiryatyeva Sankt-Peterburgdagi 2245-saylov uchastkasiga borib, qizil flomaster bilan byulleteniga “Yo‘qolsin urush” deb yozgan, shundan so‘ng saylov byulletenini qutiga tashlagan. Qizni zudlik bilan nazorat qilayotgan polisiyachi qo‘lga olgan, deya xabar beradi “Sever. Realii” nashri.

“Chiryatyeva shu tarzda davlat mulkiga zarar yetkazdi va Rossiya Federasiyasi Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirdi”, — deydi sudlarning qo‘shma matbuot xizmati.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati