Portugaliya Roberto Martines qo‘l ostida dahshatli jamoaga aylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 11:26
Portugaliya terma jamoasi 21-mart kuni Gimaraynsh shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Shvesiya terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

2022 yilgi jahon chempionatidan keyin bosh murabbiy Robert Martines tayinlanganidan beri jamoa ketma-ket 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu uchrashuvlarda umumiy hisob 41:4.

O‘tgan yili portugallar Yevro-2024 saralash turniridagi barcha 10 o‘yinda g‘alaba qozongan (har biri ikki martadan Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Bosniya va Gersegovina, Islandiya, Slovakiya).

Ushbu seriyadagi 9 uchrashuvda jamoa o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

26 mart kuni Portugaliya terma jamoasi safarda Sloveniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.Yevro-2024 oldidan iyun oyida Roberto Martines shogirdlari Finlyandiya, Xorvatiya va Irlandiya bilan o‘ynashi rejalashtirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati