Air Samarkand aviakompaniyasining Samarqanddan Istanbulga muntazam reyslari mintaqaning sayyohlik salohiyatini kengaytiradi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 11:26
Birinchi bosqichda reyslar haftada ikki marta: dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Kelgusida muntazam reyslar Tbilisi, Dubay, Jidda va Turkiyaning bir qator shaharlariga amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Istanbul Samarqanddan muhim va sertalab yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning yirik shahrini O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik madaniy, tadbirkorlik va sayyohlik aloqalari bog‘lab turadi. "Air Samarkand" reysi Samarqand va qo‘shni viloyatlar aholisiga turli yo‘nalishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayohat qilish, mehmonlarga esa oraliq manzillarni chetlab o‘tib, Samarqandga tashrif buyurish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida mintaqaning sayyohlik salohiyatini kengaytiradi va sayyohlar oqimini oshiradi, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga yordam beradi.