Ronaldu Sloveniya bilan o‘yinda ishtirok etadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 11:16
Krishtianu Ronaldu Sloveniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

Bu haqda portugaliyaliklar bosh murabbiyi Roberto Martines ma’lum qildi.

Bir kun avval “An-Nasr” hujumchisi Saudiya Arabistonidagi mini-ta’til tufayli Shvesiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini (5:2) o‘tkazib yuborgandi.

“Keyingi o‘yinda Bernardu Silva, Ruben Diash, Joau Palinya, Nelson Semedu, Tote Gomesh, Rafael Leau, Brunu Fernandesh va Gonsalu Ramushlar dam olishadi.

Shunday qilib, sakkiz nafar o‘yinchi jamoaning qarorgohini tark etadi va sakkiz nafari ularning o‘rnini egallaydi. Umid qilamanki, ular tashnalik va kuchga to‘la”, - dedi Martines.

Seshanba kuni Sloveniya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati