Boks. Shohjahon Ergashev 28 mart kuni kamar uchun jang qilishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 11:02
Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashevning 28 mart kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Charm qo‘lqop ustamiz shu kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etiladigan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi prof boks oqshomida panamalik Xuan Xuyertasga qarshi ringga ko‘tariladi.

"Allohga shukur, mashg‘ulotlarni jarohatlarsiz, yaxshi kayfiyatda yakunladim. Endi bor e’tiborimni vazn tashlashga qarataman. Jangga bir hafta qolgan bir paytda menda taxminan 8-9 kg ortiqcha vazn bor. O‘tgan jangimda 17 kg vazn tashlashimga to‘g‘ri kelgandi. Bu safar nisbatan osonroq bo‘ladi. Reja bo‘yicha uch kundan keyin jamoam bilan birga Detroytga uchib ketamiz. Sizlarga kichik yangiligim bor. Xushxabar desa ham bo‘ladi. Hozir promouter va menejerlarim bo‘lajak jangni kamar uchun o‘tkazish bo‘yicha ish olib borishyapti. Duo qilib turinglar, agar hammasi biz o‘ylaganchalik bo‘lsa, 28 mart kuni ikkinchi darajali kamar uchun ringga chiqaman. Shu o‘rinda Amerikadagi, xususan Michigan shtatida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. 28 mart kungi jangda kelib qo‘llab-quvvatlasanglar, bundan juda ham xurmand bo‘lar edim", - dedi Ergashev.

Ma’lumot uchun, Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. G‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati