Eldor Shomurodov: «OFK bu borada qandaydir qaror qabul qilishi kerak»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 07:28
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCH-2026 saralashi doirasidagi Gongkongga qarshi (2:0) o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

"Ikkala taymda ham o‘yinni nazorat qildik. Yigitlarda gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritishimizga ishonch bor edi va yakunda o‘zimizga kerakli natijani qayd etdik.

Maydon haqida gapirmoqchi edim. Birinchi o‘yinda ham Turkmaniston bizga qarshi suni’iy maydonni tanlagan edi, boshqa o‘yinlarda esa boshqa stadionlarda o‘ynagan. Gongkongning ham oldingi o‘yinlarini ko‘rdik, ular o‘sha uchrashuvlarda nisbatan yaxshiroq maydonda harakat qilishgan. Bugun biz juda yomon maydonda harakat qildik. OFK bu borada qandaydir qaror qabul qilishi kerak. Bu maydonlar JCH saralash o‘yinlari talabiga javob bermaydi", - dedi Shomurodov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati