Chexiya Rossiyani xavfsizlik uchun eng katta tahdid deb e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 06:14
Chexiya parlamenti Rossiyani mamlakat xavfsizligi uchun eng katta tahdid deb e’lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Chexiya parlamenti “Rossiya terrorchi rejimi” harbiy jinoyatlar sodir etayotgani, Ukraina va boshqa Yevropa davlatlarida o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgani haqida rezolyusiya qabul qildi. Shuning uchun, chex parlamentariylari fikricha, Ukrainaga Rossiya agressiyasidan himoya qilishda yordam berishda davom etish nihoyatda muhim.

“Harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatish Ukrainaning Rossiya terrorchi rejimi tomonidan bosib olinishi va vayron bo‘lishiga olib keladi”, — deyiladi rezolyusiyada.

Bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi liberal-konservativ koalisiyadan 84 nafar deputat rezolyusiyani yoqlab ovoz bergan, 42 nafari betaraf qolgan. Qarshi ovoz berganlar soni 17 tani tashkil qiladi.

Ilgari Chexiya Kiyevga jangovar tanklar, vertolyotlar va bir nechta raketa tizimlari yetkazib bergan. Hozirda Chexiya Ukrainaga jo‘natish uchun 800 mingga yaqin artilleriya snaryadlarini sotib olgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati