“Putiniston” kitobi muallifi Rossiyadan chiqarib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 06:12
Rossiya hukumati “Putiniston” kitobi muallifi, Ispaniyaning El Mundo gazetasi muxbiri Xaver Kolasni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

Xaver Kolasning vizasini uzaytirish rad etilgan, 19 mart kuni unga 24 soat ichida mamlakatni tark etish buyurilgan. Muayyan amaldor jurnalist itoatsizlik qilsa, uni muammolar kutayotganidan ogohlantirgan. Ertasi kuni Kolas Rossiyani tark etgan.

Bir necha oy oldin polisiya muxbirning Moskvadagi kvartirasini ko‘zdan kechirgan. Kolasdan urushga safarbar qilinganlarning xotinlarining aksiyasini yoritmaslik talab qilingan.

O‘zining Rossiyadan haydalishini izohlar ekan Kolas “shunchaki o‘z ishini bajarayotgani”ni ta’kidlab o‘tgan. Jumladan, nima bo‘layotgani haqida gapirgan, bundan qiynalayotgan odamlar bilan gaplashgan, sodir bo‘layotgan voqealarga kim mas’ul ekanini tushuntirgan. Jurnalist hech narsadan afsuslanmasligini ta’kidlagan.

“12 yil umringizni bir kechada uchta chamadonga solib, ertasi kuni bu kvartira siz uchun taqiqlangan hududga aylanishini bilib, eshikni yopish qiyin. Biz, muxbirlar, ruxsat etilgan joyda bo‘lamiz, lekin hech kimga nima deyish va nima demaslik kerakligini aytishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya xulosa qildi u.

Kolas Rossiya va Ukrainada jurnalist bo‘lib ishlagan, Yevromaydon davrida El Mundo’ning maxsus muxbiri bo‘lib, Viktor Yanukovich hukumatining qulashi, Qrimning ishg‘ol etilishi, Donbassdagi urush va Ukrainaga keng miqyosli bosqin haqida xabar bergan.
Fevral oyida Kolas zamonaviy Rossiya haqidagi “Putiniston” kitobini chiqargan. Unda Ukrainadagi urushni “Putin loyihasiga to‘g‘ri kelmaydigan mamlakatni yo‘q qilish uchun qilingan salib yurishi” deb atagan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati