Lester ham moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 06:02
"Lester" moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangan, deb xabar beradi Sky Sports.

Manba ta’kidlaganidek, Premyer-liga rasmiy bayonotida aytilishicha, ayni paytda mustaqil komissiya bu masalani o‘rganmoqda. Qoidabuzarlik 2022/23 yilgi mavsumda sodir bo‘ldi, shundan so‘ng "Lester" Chempionshipga tushib ketdi.

Klub moliyaviy hisobotlarni mart oyida e’lon qilishi kerak. Taxminlarga ko‘ra, "Lester"ning so‘nggi uch yildagi yo‘qotishlari 105 million funtni tashkil qilishi mumkin. Shundan so‘ng, "Lester" bo‘yicha mustaqil komissiyaning yakuniy qarori Premyer-liga saytida e’lon qilinadi. Agar "tulkilar" moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilsa, jamoa keyingi mavsumda ochkolardan mahrum qilinishi mumkin. Shartlardan biri uning Premyer-ligaga qaytishi.

18 mart kuni Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarni buzgani uchun "Nottingem"ni 4 ochkolik jarimaga tortishga qaror qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati