Real Kurtuaga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 05:58
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan keyingi yozda faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi 28 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va bu futbolchini Tibo Kurtuaning o‘rinbosari bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.

20 mart kuni belgiyalik darvozabon meniskdagi operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U 2023/24 yilgi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Menyan 2021 yilning iyulidan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida jami 105 ta o‘yin o‘tkazib, 195 ta gol o‘tkazib yuborgan va 65 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali fransiyalik darvozabonning narxini 40 million yevroga baholamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati