Nega xitoyliklar yoz kunlari ham issiq suv ichadi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-05-2024, 14:04
Xitoy aholisi yilning istalgan faslida iliq va issiq suv ichishga odatlangan. Bu an’ana mamlakatda ko‘p asrlar davomida shakllangan bo‘lib, bugungi kunga qadar o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Uzoq umr ko‘rish borasidagi ko‘rsatkichlar, go‘zallik va mustahkam salomatlik ushbu usulning haqiqatan foydali ekanligini anglatadi. Diyetolog-nutrisiolog Inna Konenko doimiy issiq suv ichish tibbiyotda nechog‘lik to‘g‘ri va foydali odat ekanligi haqida ma’lumot berdi.

Nima uchun har kuni yetarli miqdorda suv ichish muhim?

Inson tanasining 60 foiz qismi suvdan iboratligi barchamizga ma’lum. Limfa sistemasi esa 98 foiz suvdan tashkil topgan. Agar unga keragicha suv yetib bormasa, organizmdan toksinlar chiqib ketishi qiyinlashadi va tanada turli zararli moddalar to‘plana boshlaydi. Qon 98 foiz suvdan, muskullar 75 foiz, suyaklar esa 25 foiz suvdan iborat. Demak, tananing mutlaqo barcha tizimlari suvdan iborat. Shuning uchun suv muvozanatini saqlash va yetarli miqdorda toza suv ichish sog‘liq uchun muhimdir. Voyaga yetgan insonning kundalik suv ichish hajmi o‘rta hisobda 2-3 litrni tashkil qiladi. Ko‘rsatkich bo‘y, vazn, umumiy salomatlik va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab o‘zgarishi mumkin.

Nima uchun aynan iliq yoki issiq suv ichish kerak?

Issiq suv metabolizmni tezlashtiradi va oshqozon osti bezi shirasining ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Issiq suv umuman olganda butun tanani uyg‘otadi, tanadan toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Bu esa barcha organ funksiyalarining uzoqroq ishlashiga, yosh va sog‘lom bo‘lishga asos bo‘ladi.

Xitoyda ko‘pchilik o‘tkir respirator infeksiyalar negizida sovuq qotish va suvning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb ishonadi. Shuning uchun shamollash alomatlari ko‘ringanda darhol oddiy issiq suv ichish orqali kasallikni davolay boshlaydi.
Suvni iliq tarzda ichish haqiqatan ham nafas olish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: isitma sababli organizmdan parlanib ketayotgan suv o‘rni bosiladi hamda balg‘am tezroq ko‘chadi. Natijada tanadagi suv muvozanati normal holatga keladi.
Issiq suvning yana bir foydali xususiyati — u charchoq va stressdan tezda xalos bo‘lishga ko‘mak beradi. Issiq vanna qabul qilish tashvish va uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Chunki issiqlik ta’sirida qon tomirlari kengayadi, bosim bir oz oshadi va miyaga ko‘proq kislorod yetib boradi. Shuningdek, iliq suv immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, organizmning kasalliklar va viruslarga qarshi chidamliligini oshiradi.
Issiq suvni to‘g‘ri ichish qoidalari
Tongni bir stakan iliq suv bilan boshlang. Uning harorati o‘rtacha 40-60 daraja issiq bo‘lishi lozim. Agar tanangiz tez-tez shishlar paydo bo‘lishga moyil bo‘lsa, unday holda soat 19:00 dan keyin suv ichishni to‘xtating. Suvning asosiy miqdorini kunning birinchi yarmida ichish kerak.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati