Shifokorlar saqichning yana bir xavfi haqida ogohlantirdi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-05-2024, 16:12
Gastroenterolog Ari Lamet va pediatr Kerri Frommer Fairsteyn Fox News nashriga bergan intervyusida saqichning jiddiy zarari haqida so‘zlab berdi va uni yutib yuborish ichaklar faoliyati bilan bog‘liq turli xastaliklar keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi.

Mutaxassislarning fikricha, umuman olganda, saqich chaynashning xavfli zarari yo‘q. Agar u yutib yuborilsa, hazm bo‘lmay ichaklarga tushadi va bir sutka ichida tanadan tabiiy ravishda chiqib ketadi. Biroq ba’zi holatlarda yutilgan saqich tiqilib qolishi va ichakdan o‘tmasligiga olib kelishi mumkin.

Pediatr Kerri Fairsteyn qayd etishicha, tez-tez saqichni yutib yuboradigan shaxslarda ichakda to‘siq hosil bo‘lish xavfi bir necha marotaba ortadi. Bu odat oshqozonga ortiqcha havo kirishiga sabab bo‘ladi va qorin dam bo‘lishi va og‘riqlarni yuzaga keltiradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati