Afg‘onistondagi terakt qurbonlari soni 26 kishidan oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 23:48
Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida erta tongda sodir etilgan xudkushlik hujumi qurbonlari soni 26 kishiga yetdi.

Viloyatdagi eng yirik shifoxonalardan biri bo‘lgan Mirvays kasalxonasida ishlaydigan shifokordan olingan BBC xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 26 kishidan oshgan, jarohatlanganlar soni esa 50 nafar.

Hujum ertalab soat 08.00 atrofida Kobul Bankning Qandahor filialida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Afg‘oniston matbuotiga ko‘ra, terakt davlat xizmatchilari maosh olish uchun navbatda turgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Tolibon 2021 yil avgust oyida Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritganidan beri mamlakatda xavfsizlik borasida erishilgan yutuqlarga qaramay, vaqti-vaqti bilan halokatli teraktlar amalga oshirilmoqda.
Terror tashkiloti Daish shia hazoralariga qarshi qaratilgan hujumlarning aksariyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati