Pastore Mbappening hazilini esladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 23:44
Argentina va "PSJ"ning sobiq hujumkor yarim himoyachisi Xavyer Pastore Kilian Mbappe bilan suhbatni esladi.

"Men u bilan Qatardagi finaldan bir necha oy o‘tib, "PSJ"ning bir o‘yini oldidan ko‘rishganman. O‘shanda undan tashqari Messi va Neymar ham o‘sha yerda edi.

Men uni Jahon chempionatidagi o‘yini bilan tabrikladim va u menga: "Yo‘q, o‘sha la’nati Messi bizni Jahon chempionatida mahrum etdi!", dedi. 

U buni Leoning finalda yolg‘iz o‘zi g‘alaba qozonganini nazarda tutgandek, hazil bilan aytdi.

Men Kilian bilan ko‘p gaplashdim, u juda maqsadli yigit: u finalda yutqazdi, ertasi kuni esa u keyingi safar g‘alaba qozonishini o‘ylayotgandi", — deya Pastorening so‘zlarini keltiradi La Nacion.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati