Keyn bu borada peshqadam

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 23:40
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Xarri Keyn Germaniya Bundesligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Bu haqda Fransiyaning nufuzli L`Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchining maoshi soliqlardan tashqari oyiga 2,1 million yevroni tashkil qiladi.

Germaniya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinni Myunxen klubining hujumkor yarim himoyachisi Tomas Myuller va darvozabon Manuel Noyer bo‘lishib turibdi. Ular oyiga 1,66 million yevro maosh oladi.

Uchinchi qatorda yana ikki nafar “Bavariya” futbolchilari Serj Gnabri va Kingsli Koman oylik maoshi 1,42 million yevroni tashkil qiladi. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati