Qanday hollarda qulupnay yeyish zararli?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-05-2024, 12:14
Qulupnay rezavor va tansiq meva bo‘lib, may iyun oylari qulupnayning ayni pishiqchilik davriga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, hozirgi zamonda yilning istalgan vaqtida qulupnaylarni supermarketlardan xarid qilish mumkin. Quyida qulupnayning foydali xususiyatlari va bir qancha zararlari haqida so‘zlashamiz.

Qulupnayning foydali tomonlari

Qulupnay immunitetni mustahkamlovchi va terining sog‘lom bo‘lishiga yordam beruvchi C vitaminiga boy. Uning tarkibida homila rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan foliy kislotasi, ya’ni B9 vitamini mavjud.

Qulupnayda organizmni oksidlantiruvchi stress va erkin radikallardan himoya qiluvchi ko‘plab birikmalar mavjud. Undagi antioksidant va anosianlar organizmda yallig‘lanishni bartaraf etadi hamda surunkali kasalliklarning oldini oladi.

Qulupnay yurak kasalliklari xavfini kamaytiradigan flavonoidlarga boy. Rezavordagi o‘simlik tolalari xolesterin darajasini va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Qulupnay glikemik indeksi past mahsulot hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich qondagi qand darajasining tez ko‘tarilib ketmasligini anglatadi. Qulupnay qand kasalligiga chalinganlar yoki qondagi shakar miqdorini nazorat qilishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir.
Qulupnaydagi antioksidantlar miyaning kognitiv funksiyasini yaxshilashga yordam beradi va yosh bilan bog‘liq miyadagi buzilishlar xavfini kamaytiradi. Annals of Neurology jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, qulupnay va boshqa rezavorlar kognitiv jihatdan qarishni 2,5 yilgacha kechiktirishi mumkin.
Qulupnay kollagen oqsili ishlab chiqarishda ishtirok etadigan C vitaminiga boy. Undagi antioksidantlar terini quyosh va boshqa ekologik omillar ta’siridan himoya qiladi.
Qulupnayning zararli tomonlari
Qulupnay doimiy sug‘orib boriladigan ekin bo‘lib, ko‘pincha uning yuzasida pestisid kabi kimyoviy moddalar qoldiqlari qolib ketadi. Pestisidlar bir qator jiddiy muammolarni, jumladan saraton, reproduktiv va nevrologik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Pestisid qoldiqlarini olib tashlash uchun qulupnayni yaxshilab yuvish lozim.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati