Pike: Dastlab Messiga shikast yetkazib qo‘yishdan qo‘rqqanmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 23:36
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike sobiq "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi, hozirda Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida o‘ynayotgan Lionel Messini birinchi marta ko‘rganidagi taassurotlarini esladi.

"U shubhasiz futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. Leo klubga kelgach, biz tengdosh bo‘lganimiz uchun yoshlar akademiyasida to‘rt-besh yil birga o‘ynadik.

Leo bolaligida aql bovar qilmas darajada kichik va juda nozik edi. Biz uni birinchi marta ko‘rganimizda, agar unga tegib ketsak, unga shikast yetkazib qo‘yishdan qo‘rqqanmiz, shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak edi.

Ammo u birinchi mashg‘ulotni boshlaganida, uning oyog‘idan to‘pni olish mumkin emasdek tuyuldi, Messini to‘xtatib bo‘lmasdi" - dedi Pike.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati