Xitoy Hindiston bilan hududiy bahsga AQShni aralashmaslikka chaqirdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 23:18
«Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi chegara delimitasiyasi yakuniga yetkazilgani yo‘q. «Szannan (Arunachal-Pradeshning xitoycha rasmiy nomi) doim Xitoy hududi bo‘lgan. Bu muhokama qilinmaydigan asosli fakt. Xitoy-Hindiston chegarasi masalasi Xitoy va Hindiston tomonidan hal qilinadi, AQShga hech qanday aloqador joyi yo‘q», — dedi Lin Szyan.
«AQSh turli usullar bilan boshqa mamlakatlarning o‘zaro bahslarini qo‘zg‘ashi va o‘z egoistik geosiyosiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi yaxshi ma’lum», — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi bosh o‘rinbosari Vedant Patelning Qo‘shma Shtatlar «Arunachal-Pradeshni Hindiston hududi deb tan olishi» haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tib, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi javob bayonotini berdi.
Hindiston Xitoyning Arunachal-Pradeshga hududiy da’volarini bir necha marta qaytarib, bu shtat mamlakatning ajralmas qismi ekanini ta’kidlab keladi.
Ma’lumot uchun: Arunachal-Pradesh — Hindiston shimoli-sharqida joylashgan tog‘li shtat. Hududi — 83,73 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 1,4 mln atrofida, 80 dan ortiq millatlar yashaydi.