Roten: Benzemaning terma jamoa bilan munosabatlari butunlay buzilgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 22:58
Fransiyalik sobiq futbolchi Jerom Rotenning fikricha, Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qaytishi hech qanday sharoitda imkonsizdir.

Hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida to‘p tepayotgan “Real Madrid”ning sobiq hujumchisi JCH-2022 yakunlanganidan so‘ng terma jamoadan ketishini ma’lum qildi.

Shunga qaramay, futbolchi yaqinda qaytish ehtimolini istisno qilmasligini aytdi.

U Tyerri Anri boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi tarkibida bo‘lajak Olimpiadada ishtirok etmoqchi.

"Ko‘rinib turibdiki, Benzemaning terma jamoa bilan munosabatlari butunlay buzilgan. Ularni qayta tiklashga harakat qilishdi, lekin biz jahon chempionatida nima bo‘lganini ko‘rdik.

Menimcha, Benzema va Fransiya terma jamoasining birgalikdagi tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Gap qaysi jamoa haqida bo‘lishidan qat’iy nazar shunday.
Men uni Olimpiadada ko‘rishni istardim, ammo buning iloji yo‘q", — deya Petining so‘zlarini keltiradi GFFN.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati